Need-blind qabuli

Need-blind qabuli Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi universitetlarining nomzodlarni qabul qilish jarayonida ularning moliyaviy holati hisobga olmaslik siyosati tushuniladi. Yaʼni bu tizimda moliyaviy jihatdan yaxshi boʻlmagan nomzod bilan universitetning xarajatlarini bemalol qoplay oladigan nomzodning kirishi ularning faqatgina qobiliyatlariga bogʻliq boʻladi. Bunday yondashuv odatda moliyaviy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarning qabul qilinish foizini oshishiga olib keladi va koʻpincha, universitetlarning bunday siyosatni qoʻllab-quvvatlash uchun katta mablagʻ yoki boshqa moliyalashtirish manbalariga ega boʻlishini talab qilinadi. Universitetlar har qanday paytda qonun boʻyicha (de jure) yoki baʼzi vaziyatlar sababli (de facto) need-blind qabul siyosatiga oʻtishlari mumkin.

Koʻpgina kollej va universitetlar barcha qabul qilingan talabalarning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojlarini qoplash uchun yetarlicha moliyaviy yordam bera olmaydi. Baʼzi universitetlarda need-blind qabul tizimi mavjud emas, baʼzilarida esa bu tizim mavjud, ammo yetarli moliyaviy yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, mahalliy (Amerikaliklar) birinchi kurs talabalarning moliyaviy ehtiyojini hisobga olmaydigan baʼzi universitetlar xalqaro yoki koʻchirilgan talabalar uchun bunday siyosatni qoʻllamasligi mumkin, yoki teskarisi. Yaʼni amerikaliklar uchun need-blind qabul siyosatini amalga oshirib, bu siyosatni mahalliy boʻlmagan nomzodlarga qoʻllamaydigan universitetlar ham bor. Need-blind qabul siyosati mavjud boʻlgan va barcha abituriyentlarning toʻliq moliyaviy ehtiyojini qondiradigan universitetlar qabuli koʻp sonli arizalar kelib tushishi sababli juda raqobatli boʻladi.

Har bir universitetning toʻliq koʻrsatilgan moliyaviy ehtiyojni qondirishning oʻziga xos siyosati mavjud va barcha uchun universal standart yoʻq. Baʼzi universitet bu ehtiyojni faqat grantlar va/yoki imtiyozlar yoki isteʼdodlilar uchun stipendiyalari orqali qondiradi, boshqalari esa kreditlar va oʻqish bilan birga ishlash dasturlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search